14:23 / 07.12.2015
6925

Qirg‘izistonda benzin arzonlashdi

Qirg‘izistonda benzin mahsuloti narxi arzonlashdi. Bu haqda neft savdogarlari uyushmasi ma'lumotlarida keltirilgan.

Ma'lum qilinishicha, bugun Ai-92 markasidagi benzin narxi mamlakatning shimoliy hududlarida 0,5 so‘mga arzonlashgan, janubdagi narx esa 1 somga pasaygan. Ai-95 markasidagi benzinning bir litri esa respublikaning barcha hududlarida 1 so‘mga arzonlashgan.

"Bozorda benzin narxi tushishiga Rossiyada neftni qayta ishlash sanoatidagi mavsumiy omil sabab hisoblanadi. Ayni vaqtda Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlarida ta'mirlash ishlari yakunlangani tufayli bozorga ko‘p miqdorda benzin chiqarilmoqda. Shu vaqtda esa yoqilg‘iga talab pasaygan", deyiladi uyushma xabarida.

Shu tariqa, ayni vaqtda Bishkek shahrida Ai-92 markasidagi 1 litr benzin narxi 40,5 som, Ai-95 markasidagisi esa 43,5 somdan sotilmoqda. Dizel yoqilg‘isining 1 litri narxi 36,5 som bo‘lib turibdi. Janubiy poytaxt hisoblanadigan O‘sh shahrida esa narxlar 42 (Ai-92), 46 (Ai-95) va 39,5 som (dizel yoqilg‘isi).

Top