Jahon | 10:21 / 07.12.2015
3931
1 daqiqa o‘qiladi

Shtaynmayyer Bag‘dodga kutilmaganda tashrif buyurdi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer 7 dekabr kuni oldindan e'lon qilinmagan tashrif bilan Iroq poytaxti Bag‘dodga keldi. Bu haqda DPA agentligi xabar bermoqda.

Germaniya tashqi ishlar vaziri IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashda Iroqni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan. "Iroqdagi vaziyatni barqarorlashtirish Suriyadagi siyosiy masalani qidirishga o‘xshash o‘ta muhim”, - dedi Shtaynmayyer. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya ushbu og‘ir vaziyatda Iroqqa yordam ko‘rsatadi.

Ma'lum qilishlaricha, vazir Iroq prezidenti Fuad Maasum va bosh vazir Haydar al Abadiy bilan uchrashishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish