Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 07:35 / 07.12.2015
3239
1 daqiqa o‘qiladi
Sud gaz ta'minotidagi uzilish uchun Misrning isroilliklarga 1,76 mlrd dollar to‘lashi bo‘yicha hukm chiqardi
Xalqaro arbitraj sudi Misrning gaz yetkazib berish to‘xtatib qo‘yilgani uchun Isroilning Electric Corp kompaniyasiga 1,76 mlrd dollar miqdoridagi tovon puli to‘lashi bo‘yicha hukm chiqardi.
Misr hukumati bu qaror ustidan shikoyat qilishini ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, Misrning EGAS va EGPC davlat kompaniyalariga shunday jazo qo‘llanilgan. Qarorda aytilishicha, gaz yetkazib berishning to‘xtatilishi bo‘yicha qaror Misr hukumati tomonidan berilgan.