15:15 / 07.12.2015
6007

Time jurnali o‘quvchilari “Yil odami”ni tanlashdi

AQShning Vermont shtatidan mustaqil senator Berni Sanders Amerikaning Time jurnali o‘quvchilari nazdida tuzilgan “Yil odami” ro‘yxatida peshqadamlik qildi.

Ammo nashriyot vakillari rasmiy ravishda g‘olib nomini ma'lum qilishmagan.

Senator so‘rovda 10,2 foiz ovoz olgan. Ikkinchi o‘rinda esa 5,2 foizlik ovoz bilan pokistonlik huquq himoyachisi Malala Yusufzai bormoqda. Rim papasi Frantsisk esa 3,7 foiz ovoz bilan uchinchi o‘rinni band etgan.

To‘rtinchi o‘rinda AQSh prezidenti Barak Obama (3,5 foiz), beshinchi o‘rinda esa AQShdagi mashhur televizion shou - The Late show boshlovchisi Stiven Kolbert (3,1 foiz) bormoqda.

Top