Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Yevropadan zenit-raketa tizimlarini xarid qilmoqchi
Turkiya Eurosam Fransiya-Italiya konsorsiumi bilan SAMP-T zenit-raketa tizimlarini sotib olish borasida muzokaralarni boshladi. Bu haqda Turkiyaning Akşam gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, Turkiya harbiy havo kuchlari va mudofaa sanoati departamenti vakillari o‘tgan hafta konsorsiumning Fransiya va Italiyadagi korxonalariga tashrif buyurgan. Yaqin kunlarda Eurosam namoyandalari Anqaraga javob tashrifi bilan kelishi, bu uchrashuvda Anqaraga tegishli texnologiyalarning yetkazilishining muhokama qilinishi kutilmoqda.
16 noyabr kuni Turkiya T-Loramids tenderi natijalarini bekor qilib, Xitoyning HQ-9 zenit tizimlarini olishdan bosh tortdi. Buning sababi sifatida XXR Turkiyaga zenit tizimini ishlab chiqarish texnologiyalarini yetarli miqdorda taqdim etishni istamagani ko‘rsatildi – tender talablariga ko‘ra, Turkiyada tizimning mahalliylashtirilishi 50 foizdan oshmasligi lozim.
Bundan tashqari, NATO Xitoy tizimlari bilan ta'minlangan Turkiya aksilraketa mudofaasi bilan muvofiqlashtirish ishlari murakkablashishi mumkinligini ma'lum qilgan edi.