09:12 / 08.12.2015
2591

AQShda Perl-Xarborga hujum qilinishining 74 yilligiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi

Gavayining Oaxu orolida Perl-Xarborga hujum qilinishining 74 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘sha hujumda 2,4 ming kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi. 

1941 yil 7 dekabrda AQShning harbiy-havo kuchlari va harbiy-dengiz kuchlarining Perl-Xarbor yaqinidagi bazalariga yapon samolyotlari va suv osti kemalarining hujumi oqibatida 4 kema, 3 ta kreyser, 3 ta esminets va 200 dan ko‘proq samolyot suvga g‘arq bo‘lgan. O‘sha kuniyoq AQSh Yaponiyaga urush e'lon qilgan va shu tariqa Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisiga aylangan.  

Marosimda o‘sha jangda tirik qolgan faqatgina 20 ga yaqin urush faxriysi ishtirok etdi. Ularning soni yildan-yilga kamayib ketmoqda.

Ulardan 3 nafari va AQSh armiyasi bo‘linmalarining barcha vakillari 1,4 minglik jamoadan 200 ga yaqini omon qolgan “Arizona” linkorni cho‘kkan joyda o‘rnatilgan yodgorlikka gulchambarlar qo‘ydilar.

2015 yil avgustda 1945 yilda AQSh Yaponiyaning Nagasaki shahriga atom bomba tashlaganiga 70 yil bo‘ldi.

Top