Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atirovda joriy yilda 40 nafar maktab yoshidagi qiz homilador bo‘lib qolgani aniqlandi
Qozog‘istonning Atirov viloyatida joriy yilda 40 nafar maktab yoshidagi qiz homilador bo‘lib qolgani aniqlandi. Ularning yarmi tumanlardan viloyat markaziga ko‘chib kelganlardir. Shu munosabat bilan tibbiyot xodimlari qizlarga 3-4-sinfdan ayollar gigiyenasini o‘rgatish kerak, deb ta'kidlamoqda.
Buning yuzasidan Sog‘lom turmush tarzi viloyat markazida o‘tkazilgan davra suhbatida tibbiyot xodimlari va jamoatchilik faollari masalani qizg‘in muhokama qilishdi.
“Oq Joyiq” nashrining xabar berishicha, 1-raqamli shahar poliklinikasi ginekologi Ayqiyash Shunayeva 2011 yilda 15-16 yoshli qizlardan 6 nafari homilador bo‘lib qolgan bo‘lsa, keyinchalik bu ko‘rsatkich ko‘tarila borganini, 2012 yilda 6, 2013 yilda 13, 2014 yilda esa 11 nafarni tashkil etganini tan oldi. Eslatib o‘tamiz, bu faqat Shunayeva ishlayotgan muassasada qayd qilingan holatlardir. Joriy yilda 1-sonli poliklinikada 6ta voyaga yetmagan qiz homilador bo‘lib qolgani ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2-poliklinikada 5ta, 7-poliklinikada 10ta, 4-poliklinikada esa 18ta shunday holat qayd qilingan.
Bundan tashqari, “Jarqin bolashaq” sog‘liq markazi rahbari Alia Siraliyevaning ma'lumotlariga qaraganda, 14-15 yoshdagi qizlar orasidagi homiladorlik holatlari 2014 yilda 7 marotaba, 2015 yilda esa 4 marotaba kuzatilgan.