Sport | 10:21 / 08.12.2015
2261
1 daqiqa o‘qiladi

Dmitriy Shokin Rio-2016 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Taekvondoning WTF yo‘nalishida 80+ kg og‘irlik toifasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Jasur Boyqo‘ziyev Meksikadagi Gran-prida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Biroq Rio-de-Janeyro Olimpiadasiga yo‘llanmani O‘zbekistonning boshqa bir vakili Dmitriy Shokin qo‘lga kiritdi.

Dmitriy Shokin va Jasur Boyqo‘ziyev reytingda dastlabki 2 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Biroq qoidaga ko‘ra bir davlat nomidan ma'lum bir og‘irlik toifasida ikki sportchi ishtirok eta olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Chelyabinskda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 23 yoshli Dmitriy Shokin oltin medalni qo‘lga kiritib, 87 kg.dan yuqori og‘irlik toifasida taekvondoning WTF yo‘nalishida ushbu unvonni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbek sportchisi bo‘lgan edi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish