Jahon | 20:23 / 08.12.2015
6490
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Suriyada parvozlardan xoli hudud yaratilishini talab qilmoqda

Turkiya Suriyada parvozlardan xoli hudud yaratilishini talab qilmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqaradagi nutqi paytida ma'lum qildi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Turkiyaning Suriyada parvozlardan xoli hudud yaratish tashabbusi Rossiya harbiy kampaniyani boshlagandan keyin ko‘rib chiqilishni talab qilishini aytgandi. Mogerini bu haqda oktabr o‘rtalarida aytgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish