12:39 / 08.12.2015
2009

Hindiston sharqida poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Hindiston sharqidagi Jarkxand shtatida joylashgan nazorat qilinmaydigan chorrahada poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shtat politsiyasi xabar berdi.

Voqea shtat poytaxti Ranchidan 70 km uzoqda sodir bo‘ldi. Butun boshli oila yengil avtomobilda ibodatxonadan qaytayotgan edi. Temir yo‘ldan o‘tish paytida g‘ildiraklardan biri qisilib qolgan.

Poyezd yaqinlashayotganini eshitgan odamlar mashina ichidan chiqishga uringan, ammo ulgurmagan. Sostav avtomobilga urilib, uni 100 m gacha sudrab borgan. Mashinada bo‘lgan barcha olamdan o‘tgan.

Top