20:04 / 08.12.2015
3887

La Liganing noyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi o‘yinchisi nomi ma'lum bo‘ldi

“Atletiko” jamoasining bosh murabbiyi Diyego Simeone noyabr oyidagi eng yaxshi murabbiy etib topildi.

Ispaniya chempionatining 14-turidan so‘ng “Atletiko” turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. U peshqadam “Barselona”dan 2 ochko quyida.

Shu bilan birga Ispaniya chempionatining noyabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi nomi ham e'lon qilindi. Unga ko‘ra, “Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar noyabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

O‘tgan oyda u uch uchrashuvda beshta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Ular orasida “Santyago Bernabeu”da “Real” darvozasiga kiritilgan to‘p ham bor.

Top