Jahon | 01:00 / 08.12.2015
2802
1 daqiqa o‘qiladi

MAGATE Eronning “oltilik” bilan kelishuvni bajarayotgani bo‘yicha har chorakda hisobot beradi

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Eron tomonidan yadro dasturi bo‘yicha qo‘shma umumqamrovchi rejaning bajarilishi bo‘yicha choraklik hisobotlar tayyorlaydi, deb Rossiyaning xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Vladimir Voronkovning Venadagi bayonotiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Voronkovning tushuntirishcha, bu tartibot 7 dekabrda kelishilgan rezolyutsiya loyihasida mustahkamlangan va 15 dekabrda MAGATE boshqaruvchilari kengashiga tasdiqlash uchun taqdim qilinadi.

Avvalroq “oltilik”ning barcha davlatlari Eronning “yadroviy ishini” yopishi kerak bo‘lgan MAGATE boshqaruvchilari kengashining rezolyutsiya loyihasini qo‘llab-quvvatlashga tayyorliklari ma'lum qilingandi.