22:07 / 08.12.2015
2640

Mazda kompaniyasi Subaru Outback raqobatchisini ishlab chiqarmoqchi

Mazda kompaniyasi o‘z konsepsiyasi bo‘yicha barcha yo‘llar uchun mo‘ljallangan universal Subaru Outback’ga yaqin bo‘luvchi model ishlab chiqarishni rejalashtirilmoqda. Yangi model sentabrda Frankfurt avtosalonida namoyish qilingan Koeru kontseptual krossoveri stilida yaratiladi. Bu haqda yapon markasining rahbari Masamichi Kogaiga iqtibos keltirgan holda Automotive News nashri ma'lum qildi.

“Bu mutloq yangi avtomobil – universalga yaqin sport krossoveri bo‘ladi. Unda CX-9, CX-5 va CX-3 modellaridan ko‘ra pastroq yo‘l bilan oraliq bo‘ladi, bu haydashdan qo‘shimcha zavqlanishni ta'minlaydi”, deb aytdi Kogai.

Kogaining aytishicha, besh eshikli model CX-5 yo‘ltanlamasining “sport muqobili” sifatida talqin qilinadi.

Avtomobilning dvigatellari haqida ma'lumot hozircha yo‘q. Misol uchun, Rossiyada Mazda CX-5 modeli 2,0 va 2,5 litrli 150 va 192 ot kuchiga ega benzinli motorlar hamda 2,2 litrli 175 ot kuchiga ega dizel dvigatel bilan taklif qilinadi.

Kogai yangi model aynan qachon paydo bo‘lishini aytishdan bosh tortdi. Sentyabr oxirida internetda Mazda Koeru’ning sinov prototipi suratlari paydo bo‘lgandi. Koeru’ning uzunligi 4600 mm ni, eni 1900 mm ni, balandligi 1500 mm ni, g‘ildirak bazasi o‘lchami esa 2700 mm ni tashkil qilgan.

Top