Fan-texnika | 09:23 / 08.12.2015
7326
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikaliklar eng kuchli superkar yasashdi

Meksikaning LTM Hot Spot kompaniyasi 1400 ot kuchiga ega V8 dvigatelli The Inferno superkarini ishlab chiqardi. Uning rasmiy taqdimoti Mexikoda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan maxsus tadbirda bo‘lib o‘tadi.

The Inferno dastlabki yuz kilometrga uch daqiqada erishadi. Uning eng yuqori tezlik ko‘rsatkichi soatiga 395 kilometr tezlikni tashkil etadi.
Kupe alyuminiy, rux va kumush aralashmasidan tayyorlangan penometaldan ishlangan. Penometall o‘zining dastlabki o‘lchamidan yuz martaga ko‘proq kengayishi mumkin. Shu sabab superkar amortizatsiya zarbasining yuqori darajasini ham qabul qila oladi.

Kupeni yasash uchun yetti yil vaqt sarflandi. Avtomobilni meksikalik muhandislar ishlab chiqqan bo‘lib, uni yasashni italiyaliklar davom ettirishdi. Loyiha rahbari Antonio Ferraioli hisoblanadi. U ilgari Lamborghini – Reventon, Veneno va Asterion superkarlari ustida ham ish olib borgan.
Ma'lum qilishlaricha, The Inferno 2016 yildan ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan.