Jamiyat | 13:38 / 08.12.2015
10891
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada IShID ishtirokchisiga birinchi hukm o‘qildi

Moskva sudi birinchi marta IShID a'zosi ustidan hukm chiqardi. Bu haqda “Rosbalt” agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Moskvadagi avtoservislardan birining egasi Tural Ragimov jangari guruhning “Turk uyi” bo‘linmasi tarkibida turib harbiy to‘qnashuvlarda ishtirok etgan.

Taxmin qilinishicha, Ragimov Moskvaga qaytib kelib, bu yerda yangi jangarilar yollash va terrorchilar ta'minoti bilan shug‘ullanib kelgan. Erkak aybini tan olib, tergov bilan hamkorlik qilgani bois ish Lefortovo sudi alohida tartibda ko‘rib chiqilgan.
Jinoyatchi 4 yil koloniyaga hukm qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish