Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: IShID Iroq va Suriyaning zabt etilgan qismlarida qattiq nazorat o‘rnatadi
IShID terrorchi guruhi Iroq va Suriyaning kattagina qismini egallab olgan bo‘lib, bu hududlarda propaganda mashinasi va zaruriy infrastrukturaga ega markazlashgan xalifalik yaratmoqda. Bu haqda The Times nashri tahririyatga kelib tushgan 24 betli hujjatda keltirilgan ma'lumotlar asosida yozmoqda.
Terrorchilarning maqsadlari qay darajada keng miqyosli ekanligini, xususan, faxriylar, amaldagi jangarilar hamda bolalar va o‘smirlar uchun alohida tayyorgarlik bazalarining yaratilishi borasidagi rejalar ko‘rsatmoqda.
Terrorchilarning asosiy maqsadlaridan biri neft konlari ustidan qat'iy nazorat o‘rnatish, shuningdek, oltin, antikvar buyumlar va qurol-yarog‘ sohalarini boshqarishdir. Bu sohalar guruhning asosiy daromad manbalari ham hisoblanadi.