Jahon | 12:22 / 08.12.2015
4330
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy Trampning bayonotini milliy xavfsizlikka zid deb atadi

Oq uy vakili milliarder va Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning mamlakatga musulmonlarni kiritmaslik to‘g‘risidagi bayonotiga izoh berdi, deya xabar tarqatmoqda Reuters.

“Bu Amerikamiz qadriyatlariga to‘liq zid keladi. Huquqlar to‘g‘risidagi Billda diniy erkinlikka hurmat mavjud”, - deya qayd etdi AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ben Rods.
U mazkur bayonot mamlakat milliy xavfsizligiga zid kelishini, chunki IShID jangarilari Qo‘shma Shtatlarga islomga qarshi kurashga kirishishga harakat qilayotganini qo‘shimcha qildi.

Bundan avvalroq esa Tramp matbuot xizmati uning mamlakatga musulmonlarning kirishini taqiqlash to‘g‘risidagi bayonotini e'lon qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish