Sankt-Peterburgdagi Vasileostrov issiqlik-elektr markazida chiqqan yong‘in o‘chirildi, deb xabar bermoqda “TGK-1” energiya kompaniyasining matbuot xizmati.
Kompaniyada yong‘in joyida tiklash ishlari boshlangani ma'lum qilindi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Sankt-Peterburg bosh boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Anikinning aytishicha, yong‘inga issiqlik-elektr markazidan texnologik foydalanishdagi qoidabuzarliklar sabab bo‘lgan.
Avvalroq kompaniyada ma'lum qilinganidek, yong‘in elektrning o‘chirilishiga olib kelmagan.
FVV yong‘in haqidagi xabarni 7 dekabr soat 21.00larda olgan. Yarim soat o‘tgach ochiq alangalanish o‘chog‘i o‘chirilgan. Yong‘in elektr turbinalardan birining yonida chiqqan, olov ustuni 30 metrgacha yetgan.