Texnologiya | 21:10 / 08.12.2015
8223
2 daqiqa o‘qiladi

2015 yil boshidan Rossiya avtomobil bozorida GM Uzbekistan avtomobillar sotuvi 47 foizga tushib ketdi

Rossiyada eng ommabop bo‘lgan avtomobil modellari ro‘yxati e'lon qilindi. Unga ko‘ra, Rossiya avtomobil bozorida ketma-ket besh oydirki Hyundai Solaris 11 ming 462 dona sotilib peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinda Lada Granta (9000 ta mashina), uchinchi o‘rindsa esa Kia Rio (8253 ta avtomobil) bilan bormoqda.

Ushbu davrlarga nisbatan tuzib chiqilgan ro‘yxatda ommaviy 25 avtomobil modeli kiritilgan bo‘lib, ayrimlarining sotuvi 2014 yilning noyabr oyi qiyosiga ko‘ra quyilab ketgan, ayrimlariniki esa yuqorilagan. Masalan, Lada Granta (-1,520), Kia Rio (-2,581), Renault Duster (-2,697), Lada Largus (-3,189) singari modellar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli ravishda quyilagan bo‘lsa, Volkswagen Polo (+634), Lada Vesta (+1,748), Toyota Land Cruiser (+5) modellar sotuvi ko‘tarilgan.

Rossiyadagi eng ko‘p sotilgan avtomobillar ichida faqatgina Lifan kompaniyasining dinamikasi oshganligining guvohi bo‘lish mumkin. Joriy yilning noyabr oyida ushbu Xitoy markasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uch ofizga ko‘p —1901 dona mashina sotgan. Sotilishi bo‘yicha eng katta yo‘qotishni Mitsubishi (2002 mashina, -74 foiz) va Chevrolet (3072 mashina, -71 foiz) kompaniyalari boshdan kechirgan. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, GM Uzbekistan avtomobillarining 2015 yildan beri Rossiya bozoridagi sotuvi ko‘rsatkichi 47 foizga tushib ketgan.

Ma'lumot uchun, Rossiyada 2015 yilning noyabr oyida 131 ming 572 dona avtomobil sotilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42,7 foizga kamdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish