Jamiyat | 21:43 / 08.12.2015
11833
2 daqiqa o‘qiladi

So‘rovnoma ishtirokchilari Bibliyadan olingan iqtiboslarni Qur'onga aloqador deb o‘ylab, uni tanqid qilishdi

6 dekabr kuni ikki gollandiyalik faol tomonidan YouTube servisiga joylashtirilgan videorolik qiziq sotsiologik eksperimentni aks ettirdi. Shu bois qisqa vaqt ichida u ko‘p marotaba tomosha qilinib, ijtimoiy tarmoqlarda muayyan muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Rolik mualliflari Bibliya kitobini olib, unga Qur'onning muqovasini kiydirishdi. Shundan so‘ng u ko‘chada uchragan tasodifiy odamlarga yaqinlashib, Qur'ondan iqtibos keltirilishini aytishdi hamda bu iqtiboslar yuzasidan respondentlarning fikrlarini so‘rashdi. Ishtirokchilar quyidagi iqtiboslar bilan tanishtirildi: “Ayol sukutni o‘rgansin, bo‘ysunishni o‘rgansin, o‘rgatishni esa ayolga ruxsat etmayman, eri ustidan hukm qilmasin, sukutda bo‘lsin” (Timofeyga ikkinchi fursoniy, 2:11); “Kimda kim erkak bilan ayol bilan yotganday yotsa, ularning ikkalasi ham jirkanch ishga qo‘l urishdi: ular o‘limga mahkumdir” (Levit, 20:13).

So‘rovnomada ishtirok etayotganlar bunday so‘zlardan g‘azablanib, islomning g‘ayriinsoniyligini, agressivligini e'tirof etishdi. Mana shu so‘zlardan so‘ng mualliflar kitobning muqovasini yechib, iqtibos aslida Bibliyadan keltirilganini ko‘rsatishdi. Qur'on haqida fikr bildirgan ishtirokchilar noqulay vaziyatga tushib qolishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish