Jahon | 17:50 / 08.12.2015
8797
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya, agar lozim bo‘lsa, Rossiya sanksiyalariga javob beradi

Turkiya Rossiya sanksiyalariga javob berish rejasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Ahmat Dovudo‘g‘li parlamentdagi chiqishi chog‘ida ma'lum qildi.

“Biz Rossiya tomonidan joriy etilgan embargoni ziddiyatli deb hisoblaymiz, axir uning o‘ziga nisbatan xuddi shunday choralar amalda. Biz Rossiya bilan barcha mavzularni muhokama qilishga tayyormiz, ammo ular buyruq bera boshlashiga chidab o‘tirmaymiz. Biz zarar kelishini kutib o‘tiradigan davlat emasmiz”, - dedi u.

“Turkiya muqobil rejalarni ishlab chiqmoqda, - qo‘shimcha qildi Dovudo‘g‘li. – Hamma narsaning yechimi bor. Biz har qanday vazifaga tayyormiz”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish