13:41 / 08.12.2015
5969

Xodorkovskiy federal qidiruvga berildi

YuKOSning sobiq rahbari, rossiyalik siyosatchi Mixail Xodorkovskiy federal qidiruvga berildi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Xodorkovskiyning o‘zi tunda tergovga chaqirilganini ma'lum qildi. U Nefteyugansk hokimining qotilligida ayblanmoqda.

Federal tergov qo‘mitasi Xodorkovskiyni xalqaro qidiruvga berishi keyingi qadam bo‘lishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, Xodorkovskiyning matbuot kotibi Kyulle Pispanen RIA Novosti agentligi bilan suhbat chog‘ida qidiruv haqidagi ma'lumot hozircha rasmiy emasligini tasdiqladi.

Top