10:23 / 08.12.2015
2859

Yaman prezidenti mamlakatda o‘t ochishlarni to‘xtatishga chaqirdi

Yaman prezidenti tinch muzokaralar olib borish uchun mamlakatdagi o‘t ochishlarni to‘xtatishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Abd-Rabbu Mansur Xodiy BMTga Suadiya Arabistoni boshliq koalitsiya bilan axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yganligini ma'lum qilgan.

Yaman prezidentining BMT Bosh kotibi Pan Gi Munga yo‘llagan maktubida aniqlik kiritishicha, tinchlik rejimi 15 dekabrdan 21 dekabrga qadar, BMT shafeligida o‘tadigan muzokaralar bilan bir vaqtda olib borilishi kerak.

Top