23:06 / 09.12.2015
5517

2017 yilda "O‘zavtosanoat" MAN og‘ir yuk mashinalari uchun ilk kabinalarni ishlab chiqarishni boshlaydi

2017 yilda "JV MAN Auto-Uzbekistan" MChJ og‘ir yuk ortish uchun mo‘ljallangan MAN rusumli mashinalari uchun dastlabki 100ta kabinani ishlab chiqaradi. Bu loyihada mahalliylashtirish darajasi 36 foizga teng bo‘ladi.

O‘zbekiston prezidentining 2015 yilning 11 fevralidagi "2015—2020 yillar uchun tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, 2019 yilda 400ta kabina ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

MAN yuk avtomobillarini mahalliylashtirish dasturi to‘rt bosqichdan iborat.

Birinchi bosqichda (2015-2016 yillar) qoliplash, plastik va metall qismlar ishlab chiqariladi.

Og‘ir yuk ko‘taruvchi avtomobillar kabinalarini o‘zlashtirish ikkinchi bosqichda amalga oshiriladi.

Uchinchi bosqich (2016-2018 yillar) kabinaning ichki va tashqi qismidagi detallarni ishlab chiqarishni (ko‘rsatkich paneli, yon oynalar kabi 31ta qism) o‘z ichiga oladi.

To‘rtinchi bosqichda (2016-2020 yillar) og‘ir qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ishlari olib boriladi.

Ma'lumot uchun, MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasi “O‘zavtosanoat” AJ va Germaniyaning MAN Nutzfahrzeuge AG kompaniyasi tomonidan 2009 yil avgustda yaratilgan. O‘tgan yili kompaniya turli modifikatsiyalardagi 1245ta yuk mashinasi ishlab chiqargan, bu yili esa 1250ta chiqarishni mo‘ljallamoqda.

Top