19:00 / 09.12.2015
5807

AQShda “Yil avtomobili” tanlovi finalchilari nomlari e'lon qilindi

23 marotaba o‘tkazilayotgan “Shimoliy Amerikada yilning eng yaxshi yengil avtomobili va yo‘ltanlamasi” (North American Car and Truck/Utility of the Year) tanlovi tashkilotchilari 2016 model yilida ushbu tanlov g‘olibi bo‘lishga da'vogarlik qiladigan 6 ta finalchi avtomobil nomini e'lon qildi. Tanlov natijalari yanvarda Detroyt avtosalonida e'lon qilinadi.

Yengil avtomobillar orasida yilning eng yaxshi avtomobili huquqini olish uchun Chevrolet Malibu sedani, Honda Civic modeli va dekabrda “Yaponiyaning yil avtomobili” deb topilgan Mazda MX-5 rodsteri kurash olib boradi.



Eng yaxshi yo‘ltanlamas unvoniga sazovor bo‘lish uchun Yaponiyaning Honda Pilot va Nissan Titan XD hamda Shvetsiyaning Volvo XC90 avtomobillari kurashadi.

Tanlov hakamlar hay'ati Shimoliy Amerikada avtomobilsozlik sohasida faoliyat yurituvchi 56 nafar jurnalist va ekspertlardan tashkil topadi. Ovoz berish 4 yanvarda bo‘lib o‘tadi, g‘oliblar esa 11 yanvarda e'lon qilinadi.

O‘tgan yili ushbu tanlovda Volkswagen Golf avtomobili yilning eng yaxshi yengil avtomobili, Ford F-150 pikapi esa eng yaxshi yo‘ltanlamas deb topilgan edi.

Top