16:02 / 09.12.2015
3264

"Bataklan" teatriga hujum qilganlardan uchinchisining shaxsi aniqlandi

Fransiyadagi nashrlarda yozilishicha, politsiya Parijdagi 13 noyabr kungi teraktlar doirasida "Bataklan" teatriga hujum qilganlardan uchinchisining shaxsini aniqlagan.

Le Parisien nashrining yozishicha, bu Strasburgda yashab kelgan 23 yoshli Fuod Muhammad Aggad hisoblanadi. Manbaning yozishicha, u Fransiyaga 2013 yilda Suriyadan kelgan.

Bundan oldinroq, "Bataklan"ga hujum qilganlarning ikkisi Fransiya fuqaroligiga ega bo‘lgan 29 yoshli Umar Ismoil Mustafo va 28 yoshli Sami Amimur ekani aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Parijda 13 noyabr kuni amalga oshirilgan davomli teraktlar natijasida 130 kishi halok bo‘lib, 400 nafardan ortiq kishi jarohatlangandi.

Top