Qirg‘izistonning Bishkek shahridagi ko‘p qavatli turar-joylarning birinchi hamda ikkinchi qavatlarida yashovchi aholi lift uchun to‘lanadigan to‘lovdan ozod etildi. Bu haqda 8 dekabr kuni shahar kengashining sessiyasida qaror chiqarilgan.
2015 yilning 29 aprelida shahar kengashi tomonidan qabul qilingan “Bishkek shahridagi ko‘p qavatli turar-joy binolaridagi texnik xizmat va lift xizmatini tashkillashtirish tariflarini tasdiqlash” borasidagi qarorga o‘zgartirish kiritilgan.
Deputat Soyuzbek Saliyev shunday dedi: “Agar inson xizmatlardan foydalanmas ekan, buning uchun haq to‘lamasligi kerak. Birinchi va ikkinchi qavatda yashovchi aholi lift xizmati uchun olinadigan to‘lovlardan ozod etiladi”.