Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa biznesi assotsiatsiyasi: Hyundai va Kia Rossiya avtobozorining 22,2 foizini egalladi
Noyabr oyida Rossiyada sotilgan yangi avtomobillarning 22,2 foizi Janubiy Koreyaning Hyundai Motor i Kia Motors kompaniyalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Mazkur ma'lumotlarni Yevropa biznesi assotsiatsiyasi Seul shahrida taqdim etib, assotsiatsiya vakili qayd etilgan ko‘rsatkichni rekord natija dedi.
Bozor ulushi ortganiga qaramasdan, har ikki kompaniyaning ham Rossiyada sotgan mahsulotlari soni 2014 yilning shu davriga nisbatan kamaygan. Jumladan, Hyundai Motor savdosi 7 foiz yoki 15,1 ming donaga qadar pastlagan bo‘lsa, Kia Motors`niki 32 foiz - 14,1 mingtagacha kamaygan.
Ayni paytda, mazkur ko‘rsatkichlarni Rossiya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa kompaniyalar natijasiga qaraganda ancha ijobiy baholash mumkin. 2015 yilda yangi avtomobillar savdosi hajmi 42,7 foizga kamaygan bo‘lib, o‘tgan 11 oy davomida jami bo‘lib 131,6 ming dona avtomobil xaridorini topgan.
Eslatib o‘tamiz, 8 dekabr kuni Rossiyada eng ommabop bo‘lgan avtomobil modellari ro‘yxati e'lon qilingan edi. Unga ko‘ra, Rossiya avtomobil bozorida ketma-ket besh oydirki Hyundai Solaris 11 ming 462 dona sotilib peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinda Lada Granta (9000 ta mashina), uchinchi o‘rindsa esa Kia Rio (8253 ta avtomobil) bilan bormoqda.
Sotilishi bo‘yicha eng katta yo‘qotishni Mitsubishi (2002 mashina, -74 foiz) va Chevrolet (3072 mashina, -71 foiz) kompaniyalari boshdan kechirgan. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, GM Uzbekistan avtomobillarining 2015 yildan beri Rossiya bozoridagi sotuvi ko‘rsatkichi 47 foizga tushib ketgan.