Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook yakunlanayotgan yilning eng ko‘p muhokama qilingan mavzularini esladi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i eng muhokama qilingan mavzularni tanlab, 2015 yilga yakun yasadi. Natijalar ijtimoiy tarmoqning matbuot bayonotida keltirib o‘tildi.
Eng ommabop mavzular u yoki bu voqea yoki savol ijtimoiy tarmoqdagi xabarlarda qanchalik ko‘p marta eslangani asosida tuzildi. Jahon miqyosida eng ommabop va muhokama qilingan mavzu AQSh prezidenti saylovlari mavzusi bo‘ldi. 2-o‘rinni 13 noyabrda Parijda sodir etilgan teraktlar mavzusi egalladi. 3-o‘ringa Suriyadagi fuqarolik urushi va qochqinlarning ommaviy migratsiyasi muammosi mavzusi qo‘yildi. Shuningdek, eng muhokama qilingan mavzular qatoriga Nepaldagi zilzila, IShIDga qarshi kurash, Baltimordagi namoyishlar, Gretsiyaning qarzi kabilar bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqda eng ommabop siyosatchilar o‘rtasida 1-o‘rinni Barak Obama egalladi, undan keyin Donald Tramp kelmoqda. Eng ommabop artist Ed Shiran bo‘ldi, undan keyingi o‘rinlarni Teylor Svift va Kane Uest egalladi. Eng muhokama qilingan sportchi bokschi Floyd Meyvezer bo‘ldi, 2-o‘rinni uning hamkasbi Menni Pakyao egalladi.
Eng ommabop film “Yulduzlar janglari”ning yangi qismi, eng ommabop serial “Taxtlar o‘yini” seriali bo‘ldi. Kompyuter o‘yinlari orasida eng ommabop o‘yin FIFA 15 o‘yini bo‘ldi.