00:44 / 09.12.2015
2833

Isroilda teraktlar rejalashtirishda gumon qilinib IShIDning 5 nafar jangarisi qo‘lga olindi

Isroilda teraktlar rejalashtirishda gumon qilinib IShIDning 5 nafar jangarisi qo‘lga olindi. Bu haqda Isroilning Haaretz nashri mamlakat xavfsizlik xizmatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.

Maxsus xizmat ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar IShIDga vafodorlikka qasamyod keltirgan va harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan. Ta'kidlanishicha, ulardan eng kichigi 18 yoshda.
Jangarilar qo‘lga olingandan keyin Nazaretda yashashgani va qurol-aslaha omborxonasi joylashgan o‘rnini aytib berishgan.

Jangarilarga noqonuniy holda qurol-aslaha saqlash va taqiqlangan terrorchilik guruhi faoliyatida ishtirok etish aybi qo‘yildi.

Top