Jahon | 16:26 / 09.12.2015
2336
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri Moskvada Putin bilan uchrashib, Suriya masalasini muhokama qilmoqchi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining ma'lum qilishicha, u keyingi haftada Moskvaga safar qiladi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, Suriya hamda Ukrainadagi vaziyatni muhokama qiladi.

Kerri ayni vaqtda Parijda bo‘lib turibdi. U Rossiyaning Vena uchrashuvidagi kelishuvga amal qilayotganini ta'kidlagan.

AQSh Davlat kotibi Vashington va Moskvaning Suriya masalasida umumiy kelishuvga erishishiga ishonch bildirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish