Jahon | 21:41 / 09.12.2015
11273
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen Inning shaxsiy san'atkorlar guruhi gastrolga chiqdi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In pop-qo‘shiqchilardan iborat "Moranbong" guruhini Pekinga 1 haftalik gastrolga jo‘natdi.

Bu orqali Pxenyandagilar Pekinda o‘tkaziladigan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi vaqtida katta davlatlarning KXDRda inson huquqlariga munosabat yaxshilanganini ko‘rsatishmoqchi.

Ma'lum qilinishicha, BMT XK shimol koreyslari yetakchisi Kim Chen Inni sud qilishni istashadi, lekin Xitoy veto huquqi asosida bunga yo‘l qo‘ymaydi.

Kim Chen In 2012 yilda 21 qizdan iborat "Morangbong" guruhini tashkil qilgan. U bu guruhni yangilangan zamoanviy Shimoliy Koreyaning ramzi sifatida ko‘rsatadi.

Bu guruh a'zolari mamlakatdagi boshqa guruhlardagidan farqli ravishda musiqa asboblarini o‘zlari chalishadi.

Bundan tashqari ular harbiy liboslarda chiqish qilishadi va pop-guruhdan ko‘ra, harbiy orkestrni eslatadi. Guruh a'zolarini KXDRda "musiqachi diplomatlar" deb ham atashadi.