Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 22:20 / 09.12.2015
3274
1 daqiqa o‘qiladi
Koloradolik uysiz kishi lotereyadan 500 ming dollar yutib oldi
Koloradoda yashovchi uysiz Maykl Engfors lotereyadan 500 ming dollar yutib oldi, deb xabar bermoqda New York Daily News. Nashrning ma'lum qilishicha, amerikalikda ushbu yutuqni yutib olish imkoniyati 875 mingtadan bittaga to‘g‘ri kelgan edi.
Engforsning olti yildirki muqim yashaydigan boshpanasi yo‘q. U alkogolizmdan qiynalgan va biznesi kasodga uchragan. Ammo hayotga pozitiv qarashni to‘xtatmagan. U ushbu lotereya chiptasini 10 dollarga sotib olgan edi.
61 yoshli Engfors pulning asosiy qismini qizini qidirishga sarflashini ma'lum qilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish