Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:18 / 09.12.2015
2325
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: AQShning Missuri shtatidagi savdo markazida otishma sodir bo‘ldi
Amerikaning Missuri shtatidagi Springfild shahrida joylashgan savdo markazida o‘q ovozlari eshitildi, deya yozmoqda USA Today nashri.
Otishma seshanba (7 dekabr) kechasi mahalliy vaqt bilan 7:30 (Toshkent vaqti bilan 5:30)da sodir bo‘ldi.
Savdo markazidagilar evakuatsiya qilindi. Qurbonlar va jarohat olganlar to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Mahalliy politsiya vakili Liza Koksning ma'lum qilishicha, shubha ostidagi shaxs yashirinishga ulgurgan. Politsiya qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish