21:59 / 09.12.2015
7702

OAV: Eronda terakt sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Eronning janubi-sharqiy viloyatlari Seyston va Belujistonda terrorchilarning politsiya uchastkasiga va patrul mashinasiga qilgan hujumi tufayli to‘rt nafar kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tasnim agentligi ma'lum qilmoqda.

"Seyston va Belujiston viloyatlaridagi terakt tufayli to‘rt kishi, jumladan, politsiya bo‘limi komandiri halok bo‘ldi”, - deyiladi agentlik xabarida.

"9 dekabr tongida Nikshaxr shahriga yaqin Axoran aholi yashash punktidagi politsiya uchastkasiga terrorchilar hujum qildi. bir nafar politsiya xodimi yaralandi”, - deydi agentlik. Yaradorlaga yordam berish uchun yuborilgan harbiylardan iborat patrul avtomobili minali pistirmaga duch keladi. Portlash natijasida ikki nafar politsiya xodimi yaralanadi va bir necha kishi jarohatlanadi. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yana bir avtomobil jo‘natiladi. Ular ham terrorchilarning hujumiga uchraydi.

Tasnimning ma'lum qilishicha, Seyston va Belujiston viloyatlari politsiyasi qo‘mondoni general Xsayin Rahimiy “terrorchilarni imkoni boricha tezroq topishga” ko‘rsatma bergan.

Top