O‘zbekiston | 19:04 / 09.12.2015
14566
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Rossiyadagi ishlari bo‘yicha ishonchli vakili: Islom Karimovning Moskvaga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga yanada kuchliroq impuls beradi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Moskvaga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishiga yanada kuchliroq impuls beradi, deb aytdi O‘zbekistonning Rossiyadagi ishlari bo‘yicha vaqtinchalik ishonchli vakili Ravshanbek Alimov.

“Joriy yilda bizning munosabatlarning yanada mustahkamlanishi borasidagi eng muhim voqea Ufada ShHT doirasida O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari Islom Karimov va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuv davomida Rossiya Prezidenti O‘zbekiston Prezidentini Moskvaga tashrif buyurishga taklif qildi. Ayni paytda ushbu muhim voqeaga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda”, deb aytdi Alimov, biroq tashrif sanasi haqida ma'lumot bermadi.

“Bo‘lib o‘tajak uchrashuv va unda erishiladigan bitimlar ikki tomonlama hamkorlikning yanada rivojlanishiga qo‘shimcha kuchli turtki beradi”, deb qo‘shimcha qildi Alimov.

O‘zbekistonlik diplomatning ta'kidlashicha, O‘zbekiston “Rossiya bilan bosqichma-bosqich va jadal rivojlanayotgan ikki tomonlama munosabatlarni qadrlaydi”. Alimovning aytishicha, jahonda kuchayib borayotgan ba'zi salbiy tendensiyalarga qaramasdan, ikki davlat o‘rtasidagi savdo oxirgi bir necha yil faqatgina ijobiy dinamikani namoyish qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish