Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: AQSh Iroqqa Ar-Ramadiy ustidan nazoratni qaytarib olishda yordam berishga tayyor
AQSh Iroqqa Ar-Ramadiy ustidan nazoratni qaytarib olishda yordam berishga tayyor, deb aytdi AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter.
“Biz Ar-Ramadi ustidan nazoratni qaytarib olish bo‘yicha muayyan siljishlarni ko‘rmoqdamiz. AQSh Iroqqa bu yo‘nalishda qo‘shimcha yordam taqdim qilishga tayyor”, deb aytdi Karter senatda.
Karterning aytishicha, gap xususan “jangovor vertolyotlar hamda harbiy maslahatchilarni yuborish haqida” ketmoqda.
Karter istalgan bunday yordam “Iroq hukumati so‘rovi” bilan ko‘rsatilishini ta'kidlab o‘tdi.
Avvalroq Iroq xavfsizlik kuchlari 8 dekabrda IShID jangarilari qo‘lida bo‘lgan Ar-Ramadiyning katta qismi ustidan nazoratni qo‘lga olgani ma'lum qilingandi.
Iroq armiyasi asosan shialardan tashkil topgan xalq askarlari hamda sunniy qabilalar guruhlari bilan Anbar viloyatida jangarilarga qarshi keng ko‘lamli operatsiya olib bormoqda. Janglarning asosiy o‘choqlaridan biri viloyatning ma'muriy markazi bo‘lgan Ar-Ramadiy shahri bo‘lib qolmoqda.