09:25 / 09.12.2015
5206

Putin: Zamonaviy futbolda hamyonlar o‘rtasida kurash kechayotganga o‘xshaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, futbol jamoalari o‘rtasida kechayotgan raqobat sportcha kurash xarakteriga ega bo‘lmay, pullar vositasida kimo‘zarga olib borilayotgan poygaga o‘xshab bormoqda.

"Afsuski, futbol jamoalari o‘rtasidagi kurash ko‘proq hamyonlar kurashiga o‘xshab bormoqda. Men oldin ham sizlar bilan uchrashganimda shunday degandim yoki shunga o‘xshash gapni aytgandim. Bu axir sport emas, bu qandaydir kurashga aylangan. Rossiyadagi klublar mahalliy hokimiyatlar mablag‘iga tayanib qolgan. Dunyoda esa futbol jamoalarining o‘zi reklama, translyatsiya, atributkalar sotuvi va boshqa yo‘llar orqali mablag‘ topadi.

Men Rossiya sport vaziridan professional futbol jamoalarining moliyaviy faoliyatini tartibga soluvchi aniq taklif berishini so‘rayman", deya Putinning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "R-Sport" nashri.

Top