Jahon | 12:56 / 09.12.2015
5473
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston hukumati avtomobil raqamlarining yangi namunasini tasdiqladi

7 dekabr kuni Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev “Raqam belgilarini qayd etishning yangi namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarorini imzoladi.

Hujjatga binoan, Qirg‘iziston Respublikasi hukumati qoshidagi Davlat qayd etish xizmati  raqam belgilarini tayyorlash bo‘yicha mas'ul tashkilot hisoblanadi. Davlat raqamlarining almashtirilishiga esa soxta raqam belgilarining uchrashi sabab bo‘lgan.

Raqam belgisiga tushiriladigan maxsus shriftdan foydalanilgani yangi turdagi raqamlarning o‘ziga xos jihati hisoblanadi. Shrift xalqaro standartlar hisobga olingan holda ishlab chiqilmoqda. Yangicha belgilarda harf va raqamlarni noto‘g‘ri talqin qilish, ularni almashtirib qo‘yish imkoniyati kamayadi. Shu bois mazkur shrift “soxtalashtirishni murakkablashtiruvchi” nomini oldi.

Raqam belgilari bilan birgalikda, “Xavfsiz shahar”loyihasiga ham tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Mazkur tizim avtomobillardagi davlat raqamida foydalanilgan yangicha shriftda harf va raqamlar tuzilishida murakkabliklar mavjud emasligi sababli ularni osonroq qayd etadi.

Davlat qayd etish xizmati jismoniy va yuridik shaxslarga yangi raqam belgilarini 2016 yilning 1 aprelidan taqdim etishni boshlaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish