23:58 / 09.12.2015
3158

Qirg‘iziston yalpi ichki mahsuloti 11 oy natijalariga ko‘ra 373,1 mlrd qirg‘iz so‘mini tashkil qildi

2015 yilning 11 oyi natijalariga ko‘ra Qirg‘iziston yalpi ichki mahsuloti 373,1 mlrd qirg‘iz so‘mini tashkil qildi. Bunday ma'lumotlarni Qirg‘iziston milliy statistika qo‘mitasi keltirmoqda.

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda YaIM 2014 yilga nisbatan 3,6 foizga o‘sgan. Qumtor konida faoliyat yurituvchi korxonalar daromadi hisobga olinmaganda YaIM 345,5 so‘mni tashkil qilgan.

Bundan 154,4 mlrd so‘m (o‘sish 0,7 foiz), Qumtor koni inobatga olinmaganda 86,6 mlrd so‘m ishlab chiqarish mahsulotlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

“2015 yil yanvar-nobyarda ishlab chiqarish sur'atlari o‘sishining sekinlashishi asosan qimmatbaho metallar ishlab chiqarilishi pasayishi (54,7 foiz) hisobiga bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda yil boshidan metall rudalar qazib olishda (5,3 marta) va neft mahsulotlari ishlab chiqarishda (1,9 marta) o‘sish saqlanib qolmoqda. To‘qimachilik (13,3 foiz), kiyim-kechak (24,8 foiz), elektr qurilmalar (8,8) va boshqa nometall ma'danli mahsulotlar ishlab chiqarishda (10,4), elektr energiya, uni uzatish va taqsimlashda (6,2) ortda qolish saqlanib qolmoqda”, deb aytilmoqda statistik ma'lumotlarda.

Top