Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda bir yilda 2 ming qizning nomusiga tajovuz qilinadi
Qirg‘izistonda bir kunda 32 nafar qiz o‘g‘irlanmoqda, ularning olti nafari zo‘ravonlikka duch keladi. Mazkur ma'lumotlar “Ayollarga ko‘mak markazi” va “Qiz korgon” jamoat birlashmalari hisobotida keltirib o‘tildi.
Ular taqdim etgan ma'lumotlarga qaraganda, bir yilda o‘rtacha 11800 marotaba qiz olib qochish holati sodir etiladi. Ularda 2 ming qizning nomusiga tajovuz qilinadi.
BMT ma'lumotiga ko‘ra, Qirg‘izistonda bir yilda ayollar va qizlarga nisbatan 3615 marotaba jinoyatlar sodir etiladi. Ularda qotillik, tan jarohati yetkazish, nomusga tegish va zo‘rlik bilan nikohdan o‘tish holatlari qayd etiladi.