11:04 / 09.12.2015
2610

Qirg‘izistonda tug‘ilganlik haqidagi 40 mingta yaroqsiz guvohnoma tarqatilgan

Qirg‘iziston davlat ro‘yxatga olish xizmati bo‘linmalari tomonidan 2010-2013 yillarda fuqarolarga tug‘ilganlik haqidagi 40 mingta yaroqsiz guvohnoma berilgan. Bu haqda mamlakat IIVga tayangan holda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, ayni paytda voqea taftish qilinmoqda. Bunday holat chet elga chiqqan fuqarolarga salbiy ta'sir ko‘rsatgan. Mana shunday hodisalar ko‘payishi natijasida birlamchi tekshiruvlar o‘tkazilgan va yaroqsiz hujjatlar tarqatilgani shu yo‘l bilan aniqlangan.

Birinchi navbatda Rossiyaga borishda qiyinchilikka uchragan fuqarolar ko‘rgan moddiy zararni kim qoplab berishi masalasi hal qilinishi kutilmoqda.

Top