Jahon | 19:17 / 09.12.2015
5175
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya aviatsiyasi Suriyada terrorchilarning 200 obektiga zarba berdi

Rossiya havo kuchlarining Suriyadagi aviaguruhi o‘tgan sutka davomida Humaymim aviabazasidan 82 harbiy parvozni amalga oshirib, terrorchilarning 200dan ortiq obektiga zarba berdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov bayonot berdi.

“O‘tgan sutka mobaynida Rossiya havo kosmik kuchlari samolyotlari 82 harbiy parvozni amalga oshirib, terrorchilarning Suriya Arab Respublikasidagi 204 obektiga zarba berdi. Nishonlar Halab, Idlib, Lazqiya, Xama va Xoms viloyatlarida joylashgan edi. Parvozlarning 32tasi tungi paytda amalga oshirildi”, - uning so‘zlarini keltiradi Interfaks agentligi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish