Jahon | 14:41 / 09.12.2015
3147
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Suriyada yangi aviabaza qurilishi haqidagi gaplarni inkor qildi

Rossiya mudofaa vazirligi Suriya hududida yangi aviabaza qurilishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarni inkor qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Quvaytning ko‘pchilikka tanish bo‘lmagan bir gazetasida bunday agentlik tarqatildi, uni Reuters agentligi ushlab oldi, nima emish, Shayrat tumanida Rossiya aviabazasi qurilarmish.

Rossiya aviaguruhi joylashgan Humaymim aviabazasidan Suriyaning istalgan nuqtasiga 30-40 daqiqalik parvoz bilan yetib olish qiyin emasligini tushunish uchun katta harbiy ekspert bo‘lish shart emas”, - dedi idora vakili Igor Konashenkov.
Zobit yangi aviabazaga hech qanday ehtiyoj yo‘qligini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish