Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Suriyadan 700 ming tonna apelsin qabul qilib oladi
Suriya Rossiyaga 700 ming tonna sitrus meva jo‘natishni rejalashtirmoqda. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiy sanksiya kiritilgan Turkiya mevalarining o‘rnini bosishi kutilmoqda. Bu haqda TASS xabar bergan.
“Biz Rossiyaga 700 ming tonna sitrus meva, asosan, apelsin jo‘natishga tayyormiz. Birinchi partiya Rossiyaga allaqachon jo‘natildi”, — deyiladi ma'lumotda. Ta'kidlanishicha, Rossiyaga Suriyadan boshqa mahsulotlar, masalan, to‘qimachilik mahsulotlari ham jo‘natish rejalashtirilmoqda.
Damashq savdo-sanoat palatasi boshlig‘i Samir Dibisning aytishicha, Rossiyaning Turkiya mahsulotlariga nisbatan sanksiya e'lon qilishi, suriyalik tadbirkorlarning Rossiya bozorlarida o‘z bizneslarini rivojlantirishga turtki bo‘ladi.