Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:39 / 09.12.2015
7707
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya Turkiyada AES qurishni to‘xtatdi
Rossiyaning “Rosatom” davlat kompaniyasi Turkiyada “Akkuyu” AESini qurishni to‘xtatdi. Bu haqida ismi oshkor etilmagan Turkiya energetika vazirligi vakili ma'lumotiga tayanib, Reuters xabar bermoqda.
AES loyihasini amalga oshirish 20 mlrd dollar deb baholangan edi. Uning birinchi bloki 2019 yilda ishga tushirilishi lozim edi. Agentlikning ma'lum qilishicha, bu siyosiy ziddiyatlardan keyin qabul qilingan mantiqli qaror bo‘lgan.
Turkiya ushbu AESni qurishni davom ettirishdan manfaatdor ekanligini ma'lum qilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish