17:50 / 09.12.2015
6421

Samarqand do‘konlarida kataklari noto‘g‘ri joylashgan shaxmatlar sotilmoqda

Samarqanddagi ko‘plab savdo nuqtalarida nostandart shaxmat taxtalari sotilmoqda. Bu haqda nuz.uz fotomuxbiri Solex Yaxyayev xabar qilmoqda. Uning ma'lum qilishicha, sotuvchilar mazkur shaxmatlar Xitoyda ishlab chiqarilganini aytishgan.

“Ular qayerda ishlab chiqarilmoqda va bu kabi sifatsiz mahsulotlar O‘zbekistonga qanday yo‘llar orqali kirib kelmoqda? Oddiy xaridor ularning ko‘pchiligida foydalanish yo‘riqnomasi va ishlab chiqaruvchi haqida axborot beradigan varaqalar yo‘qligi sababli bularni aniqlashi qiyin”- deydi muallif.

Uning fikricha, ma'lumotlarga ega bo‘lmagan xaridor bunday shaxmatlarni sotib olar ekan, o‘z byudjyetidan anchagina mablag‘ yo‘qotadi. Chunki ushbu shaxmatlar taxtalari yoki jamlanmaning narxi 9 ming so‘mdan 50-60 ming so‘mgacha boradi.

FIDe hakami, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining Samarqand viloyat bo‘limi rahbari Abduvahob Vohidovning ta'kidlashicha, aslida shaxmat doskasidagi h1, a8 kataklarining rangi qora bo‘lishi kerak. Shuningdek, bunday taxtalarda alfavit va raqamlar joylashuvi ham noto‘g‘ri joylashtirilgan.

Top