23:18 / 09.12.2015
11579

Shifokorlar sinfdoshlari ustidan kulgan 17 yoshli qizning hayotini saqlab qoldi

Avstarliyaning Melburn shifoxanalaridan biridagi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan qizning ahvoli tajribali shifokorlarni ham dovdiratib qo‘ydi. 17 yoshli maktab o‘quvchisi Ellen Littsovning ko‘rinishi ayanchli bo‘lib, u 40 kg ga oriqlab ketgan edi.

Shifokorlar bir haftadan buyon tuz totmayotgan qizning hayotini arang saqlab qolishdi. Uning bunday holga tushishiga sinfdoshlari qizning ustidan kulishlari sabab bo‘lgan.
“Semizligim uchun o‘zimni yomon ko‘rar edim. Shu bois ozishga harakat qildim. Shoyad sinfdoshlarim meni qabul qilishsa deb o‘yladim. Boshida yaqinlarim mening bu ishimga qarshilik qilishdi. Ammo men o‘z ahdimda qat'iy turdim”, — dedi Ellen.

Qiyinchilik bilan o‘tgan bir necha oydan so‘ng Littsov 40 kg ga ozib ketdi. U endi harakatlanishga ham qiynalib qolgan edi. Chunki bundan butun badaniga og‘riq turar edi.

Noto‘g‘ri qo‘llanilgan parhez tufayli u shu holatga kelib qolgandi. Sport bilan shug‘ullanishni ham tashlab qo‘ydi. Tengdoshlarining esa unga bo‘lgan munosabati yanada yomonlashdi. Qaysidir vaqtga kelib, u yemay ham, ichmay ham qo‘ydi. Natijadabu vaqtga kelib uning og‘irligi 35 kg ga yetdi. Ochlikning sakkizinchi kuni bir qultumgina suv ichdi va shu zahoti yerga qulab, qaltiray boshladi.

“Shundagina menga yordam zarurligini anglab yetdim. Onam tez yordam chaqirdi va meni shifoxonaga olib ketishdi”, — dedi Ellen.

Shifokorlar unga kerakli yordam ko‘rsatishdi. Ayni damda Ellenning salomatligi yaxshi tomonga o‘zgarishda davom etmoqda.

Top