16:51 / 09.12.2015
4983

Stiven Krebb: Britaniyaning sekulyarizmi yosh musulmonlarni IShID og‘ushiga tortmoqda

Uels ishlari vaziri Stiven Krebbning bayonotiga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning “murosasiz sekulyarizmi” yosh musulmonlarni IShID og‘ushiga tortmoqda. Uning so‘zlarini The Guardian nashri keltirmoqda.

Aytilishicha, Krebbning o‘zi xristian konservatori bo‘lib, mamlakatda bir jinsli nikohlarning ruxsat etilishiga qarshi ovoz bergani bilan mashhurdir. Uning fikricha, ayni paytda din ijtimoiy hayotning chetida qolib ketmoqda, sekulyar dunyoviy jamiyat esa ekstremistlarga qo‘l kelmoqda.

Krebb islom dini mahalliy OAVda faqat terakt va qotilliklar kontekstida tilga olinishini, bu esa yosh musulmonlarning noroziligini oshirib, ularni IShIDga qo‘shilishga undayotganini ta'kidladi. Siyosatchi Britaniya millatini dinni ijtimoiy hayotning “normal qismi”ga aylantirishga harakat qilishga chaqirdi.

Top