22:14 / 09.12.2015
2006

"Suonsi" Gari Monkni iste'foga chiqardi

APLda ishtirok etuvchi Uelsning "Suonsi" jamoasi bosh murabbiyi ishdan bo‘shatildi.

"Garri Monk "Suonsi" bosh murabbiyligidan ozod etildi", deyilada jamoa rasmiy saytida.

Klub rahbariyati jamoa ko‘rsatgan natijalardan qoniqmadi va Monkka javob berishga qaror qilgan.

U "oqqushlar" bila 22 oy davomida hamkorlik qildi. Uning rahbarligida jamoa 77ta o‘yin o‘tkazib, 28tasida g‘alaba qozonishga erishgan. 17ta o‘yinda durang, 32tasida mag‘lubiyat qayd etilgan.

O‘tgan mavsumni jamoa sakkizinchi pog‘onada yakunlagandi.

Joriy mavsumda esa "Suonsi" jamoasi hozirga qadar o‘tkazilgan 15ta turdan so‘ng 14 ochko to‘plab, turnir jadvalida 15-pog‘onada joylashgan.

Monkning o‘rniga bundan oldin ham "Suonsi"da ishlagan, keyin "Liverpul"da faoliyatini davom ettirgan Brendan Rojyers taklif etilishi kutilmoqda.

Top